"Tottenxem" direktori klubning ulkan rejalari bilan o'rtoqlashdi

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
Londonning "Tottenxem" klubi direktori Yoxan Lange jamoaning kelasi mavsumga mo'ljallangan ambiciyali rejalari haqida gapirdi.

"Kelasi yozga katta ambiciyalar bilan yaqinlashamiz. Rejalar allaqachon tuzilgan va bizga qaysi poziciyalar hamda qaysi mutaxassislar kerak ekani haqida aniq tasavvur bor", – dedi funkcioner.

Angliya Premer-ligasining 24 turidan keyin "shporlar" 29 ochko bilan turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. 7 fevral kuni esa Tomas Frank shogirdlari formaga kirib borayotgan "Manchester Yunayted"ni to'xtatishga urinib ko'radi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano