"Tottenxem" "Byornli" posbonini qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2021
PSJ "Tottenxem" darvozaboni Ugo Lorisga qiziqish bildirayotgani sababli "shporlar" "Byornli" va Angliya termasi posboni Nik Poupni sotib olishni o'ylamoqda.

OAVda aytilishicha, 28 yoshli darvozabonning keyingi faoliyati Mourinyu jamoasida davom etadi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Premer-liganing yana bir nechta klublari qiziqyapti. Gap "Liverpul" va "Vest Xem" haqida ketmoqda.

Poup ushbu mavsumda "Byornli" darvozasini 23 o'yinda qo'riqlab, 25 ta gol o'tkazib yuborgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun