Toshkentda OFKning "B" diplomi bo'yicha murabbiylik kurslari boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 may 2019, 10:47
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Toshkentdagi "Chig'atoy" sport majmuasida "B" diplomi uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslari birinchi moduli boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Ular orasida Timur Yafarov, Marsel Idiatullin, Ikrom Ibragimov kabi sobiq futbolchilar bor.

Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti.

Mazkur o'quv kurslari 4 moduldan iborat bo'ladi. Modullar orasida bir oy tanaffus qilinib, bu vaqtda murabbiylar mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajarishlari kerak bo'ladi. Birinchi modul o'quv kurslari 31 mayga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz