

Kuni kecha birinchilikning ikkinchi davrasi qachon start olishi bo'ldi. Chempionatning ikkinchi qismida ishtirokchilar soni kamroq bo'ladi. Moliyaviy muammolar sababli "Yangiyo'l", "Bo'ston" va "Angren" musobaqani tark etdi. "Zafar" hamda YAFMI jamoalarining keyingi taqdiriga shu kunlarda oydinlik kiritiladi.
Birinchilikning ikkinchi davrasi 17 iyul kuni start oladi. Yakun 6 sentyabrga belgilangan.



