Toshkent klubi futbolchisi "Qizilqum" safiga borib qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
22 yanv 2025, 09:35
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni qizg'in ravishda olib bormoqda.

Nikola Lazarevich boshchiligidagi jamoa a'zolari Navoiyda mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. "Qizilqum"ning qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga "Bunyodkor" yarim himoyachisi Farhod O'tkirov kelib qo'shildi. Futbolchi hozirda ko'rikda bo'lib turibdi. Agarda barchasi ko'ngildagidek bo'lsa tomonlar rasman shartnomaga imzo chekadi. 

Farhod O'tkirov o'tgan mavsumda Superligada 8 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarket portali ma'lumotlariga ko'ra futbolchining narxi 50 ming evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia