To'rt nafar futbolchi Liviyadagi suv toshqini sabab halok bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
14 sen 2023, 08:18
Liviyada ro'y bergan suv toshqini sabab to'rt nafar futbolchi halok bo'ldi.

"Shaxin al Jamil, Solih Sassi, Al Husayn Shaluf va Muntxer Sadakining vafoti munosabati bilan taziya bildiramiz", - deya ma'lum qildi Liviya futbol federatsiyasi.

Ma'lumot uchun, bir necha kun oldin Liviyada katta suv toshqini yuzaga keldi. Buning oqibatida 5 mingdan ortiq inson qurbon bo'lgan, 10 mingdan ortig'i esa bedarak yo'qolgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЛФФ