“Torpedo” Sergeevni yana nishonga oldi

Eldor Akmurzayev
23 dek 2022, 09:40
Bu haqda “Sportbox.ru” nashri “Metaratings.ru”ga tayanib xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Tobol” forvardi Igor Sergeev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. “Torpedo” 29 yoshli o'zbekistonlikni yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo Qozog'iston klubi Igorni sotishni istamadi.

Sergeevning o'zi esa RPLga yo'l olishga qarshi emas. Unga bir qator klublar qiziqmoqda, ammo “Torpedo” yuqori maosh taklif qilayotgani bu poygada ularga ustunlik bermoqda.

Igor Sergeev yakunlangan mavsum Qozog'iston chempionatida 9 ta gol urdi. Shu bilan birga u YCHL kvalifikaciyasida 2 ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sportbox.ru