Toni Kroos JCH-2014ning eng foydali futbolchisi bo'ldi

15 iyul 2014, 00:33
Jahon chempionati homiysi Castrol kompaniyasi mundialning eng yaxshi futbolchilari ruyxatini e'lon qildi.

FIFA rasmiy saytiga ko'ra, musobaqaning eng foydali futbolchisi Germaniya terma jamoasi a'zosi Toni Kroos bo'ldi. Uning foydali ish ko'rsatkichi 9,79 tashkil etdi.

Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to'p" sohibiga aylangan Messi bu ruyxatning TOP-10 taligida ham ko'rinmagan.

Foydali futbolchilar ruyxati TOP-10:

1. Toni Kroos (Germaniya) – 9,79

2. Aren Robben (Gollandiya) – 9,74

3. Stefan de Vrey (Gollandiya) – 9,7

4. Mats Xummels (Germaniya) – 9,66

5. Tomas Myuller (Germaniya) – 9,63

6. Karim Benzema (Fransiya) – 9,6

7. Oskar (Braziliya) – 9,57

8. Tyago Silva (Braziliya) – 9,54

9. Markos Roxo (Argentina) – 9,51

10. Ron Vlar (Gollandiya) – 9,48.


Manba: fifa.com