Tolibjonov, Magometov va Qosimov JCH-2014 yarim final va finalini tomosha qilishadi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2014, 12:44
Braziliyada bo'lib o'tayotgan mundialning nimchorak final bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning yarim finali va finalini tomosha qilish uchun O'FF vakillari Braziliyaga borishadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov, PFL bosh direktori Farhod Magometov va O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mundialning hal qiluvchi bahslarini Braziliyada kuzatishadi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2014 yarim final o'yinlari 8 va 9 iyul kunlari, final bahsi esa 13 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia