Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichining Toshkentda o'tkaziladigan o'yinlari joyi va vaqti aniqlandi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2019, 11:14
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda bo'lib o'tadigan Tokio-2020 olimpiadasi saralashida qatnashishi haqida xabar berib o'tgandik.

Terma jamoamiz "B" guruhida Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Quyida e'tiboringizga O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi o'yinlari taqvimini havola qilamiz:

3 aprel, soat 15:00
Vetnam - O'zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)
Iordaniya - Gonkong (TTYMI stadioni)

6 aprel, soat 15:00
O'zbekiston – Iordaniya ("Lokomotiv" stadioni)
Gonkong - Vetnam (TTYMI stadioni)

9 aprel, soat 15:00
Vetnam - Iordaniya (TTYMI stadioni)
Gonkong - O'zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz