Tokio-2020. Olimpiadada ishtirok etadigan Yevropa jamoalari nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2019, 15:21
Ayni damda Italiyada 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Yevropa chempionati o'tkazilmoqda.

Unda ishtirok etayotgan 12ta terma jamoaning 4tasi 2020 yil Tokioda bo'ladigan Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu jamoalar 3ta guruhga ajratildi. Guruh g'oliblari va eng yaxshi natijani qayd etgan ikkinchi o'rin sohibi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Bugun yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi, shu sababli Tokioga boradigan jamoalar nomi ma'lum bo'lib ulgurgan.

"A" guruhi


"B" guruhi


"C" guruhi


Shunday qilib, Ispaniya, Germaniya, Ruminiya va Fransiya Olimpiada chiptalariga ega bo'lishdi. 

Osiyo qitasidan Tokioga boradiganlar 2020 yilning yanvarida aniqlanadi. O'sha oyda Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkaziladi. Musobaqada birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinni egallagan jamoalargina Olimpiadada ishtirok etadi. Ushbu turnirda 16ta jamoa ishtirok etadi va ular quyidagicha savatchalarga ajratilgan.

1-savatcha

Tailand

O'zbekiston

Vetnam

Qatar


2-savatcha

Yaponiya

Janubiy Koreya

Shimoliy Koreya

 Iroq


3-savatcha

Xitoy

Avstraliya

Iordaniya

Saudiya Arabistoni


4-savatcha

Eron

Suriya

BAA

Bahrayn

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia