Tokio-2020. Musobaqa favoritlaridan biri Ispaniya ilk turda durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2021, 14:48
Bugun Tokio Olimpiadasida erkalar o'rtasidagi futbol bahslari ham boshlandi.

Biroz oldin Misr va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Unda ko'plab mashhur futbolchilarga ega bo'lgan Ispaniya Afrika jamoasini enga olmadi - 0:0.


Misr U-23 – Ispaniya U-23 0:0
22 iyul, Sapporo Dom
Misr U-23
– El-Shenavi, El-Fotu, Xegazi, El-Eraki (Fuad, 89), Hamdi, Tavfiq, Ashur (Hamdi, 63), Muhammad (Odil, 62), Sobxi (Ramadan, 90), Jalol, Rayan (Muhsin, 63).
Ispaniya U-23 – Unai Simon, Pau Torres, Mingesa (Valexo, 22), Miranda, Erik Garsiya, Pedri, Sebalos (Monkayola, 45), Asensio (Xil, 68), Dani Olmo, Oyarsabal (Rafa Mir, 68), Merino (Soler, 68).
Ogohlantirishlar: El-Fotu (6), Muhammad (44), Xegazi (77), Jalol (89).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia