Tojikiston terma jamoasi darvozaboni: "Osiyo kubogi finalida O'zbekistonga qarshi o'ynamoqchi edik"

Narzulla Saydullayev
14 fev 2024, 13:41
Tojikiston terma jamoasi va "Istiqlol" klubi posboni Rustam Yatimov Osiyo kubogi finalida O'zbekistonga qarshi o'ynashni istashini ma'lum qildi.

"Biz finalda O'zbekistonga qarshi o'ynamoqchi edik. afsuski, ikkala jamoa ham Osiyo kubogini chorak finalda to'xtatdi", - dedi Yatimov "Chempionat" jurnalisti Aleksandr Ershov bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi 1/4 finalda Iordaniyaga mag'lub bo'ldi (0:1). O'zbekiston esa chorak finalda bo'lajak chempion Qatarga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com