Tite Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2016, 10:45
"Korintians" ustozi Tite Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi, deb xabar bermoqda Braziliya klubi prezidenti Roberto de Andrade.

"Tite endi "Korintians"da ishlamaydi. U Braziliya futbol federatsiyasi taklifini qabul qildi" - deydi De Andrade.

Amerika Kubogidagi omadsiz ishtirokdan so'ng Dunga iste'foga chiqarildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP