Tim Xoogland: "Chempionlar ligasidan chiqib ketdik, ammo ..."

Tolibjon Qosimov
19 mar 2014, 12:08
"Shalke-04" himoyachisi Tim Xoogland YCHL 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yindan so'ng (1:3) o'z fikrlarini bildirdi.
"1/8 finaldagi kurashni munosib yakunlashni istagandik, o'ylashimcha bu amalga oshdi. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, gol urdik, yana urishimiz mumkin edi. Ammo raqib o'z klassini namoyish etdi. Ronaldu va Beyl – eng kuchli futbolchilar, ularga qarshi bahslarda katta tajribaga ega bo'ldik. Chempionlar ligasidan chiqib ketdik, ammo biz uyaladigan natija qayd etmadik", - deydi futbolchi Football Espana nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net