The Sunday Times: Chelsi Runiga haftasiga 200 ming funt maosh bermoqchi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2013, 04:00
Chelsi Manchester Yunayted bilan Ueyn Runining transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Oldinroq ko'klar taklifni 40 million funtga oshirishgani haqida xabar berilgandi. Endi agar futbolchi Chelsiga o'tishga rozi bo'lsa haftasiga 200 ming funt (yiliga 10,4 million funt) maosh oladi.

Ayni paytda Chelsi tarkibida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi Fernando Torres va Jon Terri haftasiga 175 ming funt maosh olishadi.

Eslatib o'tamiz, MYU Runini sotmasligini ma'lum qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru