

Bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00da o'zbekistonda tug'ilgan Artur Babaev "Evil Geniuses" jamoasi bilan yarim finalga chiqish uchun o'z uchrashuvini boshlaydi. Chorak finalda Babaev jamoasi Rossiyaning juda mashhur "Virtus.pro" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Translyatsiyani saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. Trafikingiz kamroq ketishi uchun video sifatini pasaytirib oling. Artur Babaev "Arteezy" niki ostida o'ynaydi.



