Teves Runi sovg'a qilgan qimmatbaho mashina voqeasini yodga oldi

7 dek 2019, 08:47
Argentinalik Manchestyerda qimmatbaho mashinaga qadar oddiy avtomobilda yurgan.

“O'shanda bizning futbolchilar mashg'ulotlarga Ferrari yoki Lamborghini’da kelardi. Hattoki, eng yomon o'yinchilarimizda ham Ferrari bor edi. Men esa klub bergan Audi’da yurardim. Hamma ustimdan kulardi. O'shanda Runi bilan gaplashdim. U esa menga: “Mening Lamborghini’mni ol” dedi. Men esa uning mashinasini hech qanday registraciyalarsiz shaharda haydab yurdim”, - deydi Teves.

Ma'lumot uchun, Teves 2007-2009 yillarda “Manchester Yunayted” safida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports