Terri Anri: "Bu "Yuventus"dagi eski Pogba"

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2018
Afsonaviy hujumchi Terri Anri "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning o'yini haqida gapirib o'tdi.

"U ko'p poziciyalarda o'ynashi mumkin. U birinchi bor kelganida u men uchun yarim himoyachi hisoblanmasligini aytgan edim. U ko'plab nuqtalarda o'ynay oladi, lekin aynan shunda u eng yaxshi holatda bo'ladi. Bu "Yuventus"dagi eski Pogba.

U ma'lum darajaga yetib bordi. Sen sardor sifatida sheriklaringga shunday deyishing kerak: "Yigitlar, ortimdan yuring, men sizlarga to'g'ri yo'lni ko'rsataman".
Qachonki, u chaproqda o'ynaganida unda bo'sh zonalar ko'payadi va uni to'xtatish juda qiyin bo'ladi" - dedi Anri.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com