Terma jamoamiz mart oyida Janubiy Koreya bilan o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2015, 11:04
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi mart oyi so'nggida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida muzokara o'tkazishmoqda.

Agar kelishuv amalga oshsa 25 yoki 26 mart kuni Koreyada bu ikki jamoa o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 31 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia