Ter Shtegen Donnarumma kelgan taqdirda ham, "Barsa"ning asosiy darvozaboni bo'lib qoladi

Alisher
28 may 2021, 15:52
"Barselona" agent Mino Rayola bilan uning mijozi Janluiji Donnarumma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" yaqin vaqtlarda "Milan"dan ketayotgan o'yinchi bilan shartnoma imzolash yoki imzolamaslikni hal etishadi.

Shu bilan birga 22 yoshli italiyalikning jamoaga kelishi kataloniyaliklarning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning mavqeiga ta’sir o'tkazmaydi - germaniyalik birinchi raqam bo'lib qoladi.

Donnarummaga shuningdek "Yuventus", "Chelsi" va boshqa klublar qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano