Ter Shtegen "Barselona" matbuot bosimi orqali uni ketishga majbur qilmoqchi deb hisoblamoqda, ammo...

Alisher Ostonov
8 iyun 2025, 16:25
Mark-Andre ter Shtegenning fikricha, "Barselona" uni ketishga majbur qilmoqda.

Darvozabon klubdagi mavqeini omma oldida muhokama qilishni istamadi. Germaniyalik kiyim almashtirish xonasidagi vaziyat haqidagi ma'lumotlar matbuotga chiqib ketganidan hayratda va "Barselona" shu yo'l bilan uni ketishga majburlamoqchi, shu bilan birga uning professional obro'siga putur etkazmoqchi, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, "Barselona" kelasi mavsumda avvalroq transferga rozilik bildirgani aytilgan Joan Garsiyaga ishonch bildirmoqchi va Voycex Shensnini zaxira darvozaboniga aylantirmoqchi. Shunga qaramay, ter Shtegen yozda klubni tark etmoqchi emas va asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Diario Sport