

"Biz o'yinni nazorat qildik va yaxshi gol urdik. Buni ajoyib o'yin demagan bo'lardim, ammo yomon o'yin ham emas. Ikkinchi taymda ko'proq kuch bilan harakat qilishimiz lozim edi. Hisob 2:0 bo'lganida barchasi hal bo'lardi.
O'yin tugashiga 1 yoki 2 daqiqa qolganida gol o'tkazib yuborganingdan so'ng nimadir deyish qiyin. Garchi, Kazemiroda gol urish imkoni bo'lgan bo'lsada. Bundan hulosa chiqarish kerak.
Kazemiro to'pga tegmay o'yin qoidasini buzdi. Vaziyat xavfli edi, u buni o'zgartirmoqchi bo'lgandi.
So'nggi marotaba MYU "Arsenal"ni Kazemirosiz yutgan. Bu ishni yana bir marta bajarishga to'g'ri keladi", - dedi ten Xag.


