

"Asta-sekinlik bilan g'oliblik yo'lini topib boryapmiz, bizni mag'lub qilish oson bo'lmaydi. Ayni damda to'g'ri yo'ldamiz. Bu o'yinning ahamiyati yuqori. Bu Manchester derbisi, ichki derbi, ammo butun dunyo e'tiborini o'ziga qaratadi.
Doim ham to'p bilan kerakli darajada bo'la olmayapmiz, lekin pressingda yaxshi harakat qilyapmiz. To'pni olib qo'yish bo'yicha APL yetakchisi bo'lib turibmiz. O'yinni qanday tashkil qilishimiz ko'rinib turibdi.
Hujumga o'tish fazasidagi ustunligimizdan foydalana olmayapmiz. Ammo foydalanishimiz kerak, chunki buning uchun imkoniyatlarimiz etarlicha. Rivojlanish kerak, shu orqali o'yinlarni o'zimiz uchun osonlashtiramiz", - dedi ten Xag.



