Ten Xag: "Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2024, 11:32
Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ning APL turnir jadvalidagi o'rni haqida gapirdi.

7ta turdan so'ng MYU jadvalda 14-o'rinni egallab turibdi.

"Hech kim - futbolchilar, xodimlar, rahbariyat va direktorlar kengashi turnir jadvalidagi holatimizdan rozi emas, biroq nima qilayotganimizni va nimalarni o'zgartirish kerakligini bilamiz.

Jamoa ichidagi muhit juda yaxshi, tashlayotgan qadamlarimiz biz to'g'ri yo'ldaligimizni ko'rsatmoqda. Ammo jadval aldamaydi - turnirdagi holatimiz etarli darajada yaxshi emas" - dedi MYU ustozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail