Ten Xag Antonini "Galatasaroy"ga qarshi bahsda maydonga tushirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 okt 2023, 22:35
Antoni seshanba kuni "Manchester Yunayted" tarkibiga qaytishi mumkin.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Galatasaroy"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida braziliyalikni tarkibga qo'shmoqchi ekanligini aytdi. O'yin 4 oktyabr kuni 00:00da start oladi.

"Antonini tarkibga qo'shishni ko'rib chiqyapmiz. Kecha u ilk marotaba jamoa bilan shug'ullandi. Qarorni keyinroq qabul qilamiz" - dedi ten Xag.

Eslatib o'tamiz, 10 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” futbolchini sobiq sevgilisiga nisbatan zo'ravonlik bo'yicha ayblovlar tufayli jamoadan chetlatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic