Ten Hag Reshfordning o'zgarishi haqida: "Men Garri Potter emasman"

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023, 20:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag shogirdi Markus Reshfordning ajoyib o'yinlari haqida gapirdi.

Reshford Angliya terma jamoasi safida Qatardagi 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etib qaytganidan keyin "qizil iblislar" safidagi so'nggi o'yinlarda juda yuqori darajada o'yin ko'rsatdi. Hujumchi Premer-liganing so'nggi 6 turida 5 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Liga kubogining 2 o'yinida 1 ta va Angliya Kubogida kiritilgan 1 ta to'p mavjud.

"Men Garri Potter emasman. U shunchaki o'ziga ishongan. Har bir futbolchi o'ziga bo'lgan ishonchni topa olishi kerak. Markus shunday qila oldi. Albatta, men va bizning murabbiylar shtabimiz qandaydir strukturalar olib kiramiz, uning o'yin uslubini to'g'rilaymiz, to'g'ri poziciya tanlashni tushuntiramiz. Ammo oxir-oqibat hammasi unga bog'liq bo'ladi.

Futbolchida bunday ishonch paydo bo'layotganini ko'rganimda, nafaqat o'z o'yinimizni qanday qurishimiz, balki uning atrofidagi muhit ham muhim ekaniga amin bo'ldim – futbolchi aynan shunday o'zining eng yuqori o'yinini ko'rsatishi mumkin. Shubhasiz, Markus hozir yaxshi formada. Bu kunlik mashg'ulotlardan o'yindan o'yinga va kundan kunga yaxshilanib boradigan narsa", – dedi MYU ustozi ten Hag.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com