Bunga ko'pincha jarohat sabab bo'ldi deyish mumkin. Yafarov mavsum boshida Navbahor ro'yxatidan o'tkazilgandi. Biroq Namanganda Temur deyarli o'ynamadi. Shu bois murabbiylar shtabi unga ruhsat berishga qaror qildi. Davralar oralig'ida esa himoyachi hech bir klubda ko'rinmadi va bugungi kunda ham Yafarovni hattoki birinchi liga jamoasida uchratmayapmiz. Bunga oydinlik kiritish maqsadida futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda, quyidagilarni aytib o'tdi.
- Ha, chindan ham Navbahordan ketgach, hech bir klubga bormadim. Sababi o'sha paytda jarohatim bor edi. Uni davolatish uchun biroz vaqt kyetib qoldi. Endi-endi hammasi yaxshi bo'lib ketdi. Bugungi kunda uydaman. Ro'zg'or ishlari bilan ham mashg'ulman. Shu bilan birga yakka tartibda shug'ullanishni ham kanda qilmayapman. O'zim uchun maxsus murabbiy tayinlab, birga mashg'ulot o'tkazib turibmiz. Nasib qilsa endi keyingi mavsumdan hammasini boshdan boshlamoqchiman - deydi Temur Yafarov.