Tchuameni "El Klasiko" haqida: "Barsa"ni yanchib tashladik"

Administrator
29 okt 2022, 00:20
Eduardo Kamavinga ham shunday fikrda.

"Real Madrid" futbolchisi Orelen Tchuameni "El Klasiko" "Barselona"ni yanchib tashlangani haqida gapirdi.

Camino TV ga intervyu berayotgan Tchuamenidan Jyul Kunde bilan Fransiya terma jamoasida birga o'ynashi haqida so'rashdi.

"Jyul hozir "Barselona"da o'ynamoqda, sen esa "Real"da. Oxirgi o'yinda sen unga qarshi yaxshi harakat qildingmi?", -deya savol berdi jurnalist.

"Ha, biz "Barsa"ni yanchib tashladik", -deya javob qaytardi Orelen Tchuameni.

"Men hozirgina shuni aytmoqchi edim. Orelen mendan oldin aytib qo'ydi", -deya kuladi Eduardo Kamavinga.

Eslatib o'tamiz, 16 oktyabr kuni o'tkazilgan "El Klasiko"da "Real" "Barsa"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Camino TV