Tata Martinoning 100 kuni 10 ta raqamda

5 noya 2013, 19:05
Shanba kuni Tata Martino Barselona bosh murabbiyi bo'lganiga 100 kun bo'ldi. Uning ushbu kunlar davomida qilgan ishlarini e'tiboringizga 10 ta raqamda havola etamiz.
153. Bu raqam sekundni bildiradi, yani Martino Barsasining birinchi rasmiy goli urilgan vaqt. Bu golni Aleksis Sanches Tataning La Ligadagi debyut uchrashuvida Levantega (7:0) qarshi o'yinning 3-daqiqasida urgan.

1. Bu raqam argentinalik mutaxassisning ko'k-anorranglilar bilan erishgan ilk kubokini bildiradi. Bundan ortiq bo'lishini hali imkoni ham yo'qda, chunki u xozircha faqat Ispaniya Superkubokida o'ynadi. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki ayni paytda La Liga va Chempionlar Ligasida guruh yetakchisi.

0. Xech qanday mag'lubiyat yo'q. Yangi murabbiy ko'k-anorranglilar bilan birgalikda 17 ta rasmiy uchrashuvda 13 ta g'alaba va 4 ta durang erishgan.

41. Aynan shu 17 ta o'yinda Barselonaning urgan gollari. Har bir o'yinga o'rtacha 2.4 goldan to'g'ri kelmoqda.

10. Bu raqam Barselonaning quruq o'yinlari. Quyidagi raqiblar Barsaga gol urolmagan: Atletiko (Superkubok javob uchrashuvi), Ayaks va Seltik (Chempionlar Ligasi), shuningdek La Ligada Levante, Malaga, Rayo, Almeriya, Osasuna, Selta va Espanol.

21. Bu raqam Tata Martinoning ushbu mavsumda maydonga tushurgan o'yinchilari sonini bildiradi. Pinto, Oyer, Kuenka va jarohatlangan Afellaylar jamoa uchrashuvlarida umuman maydonga tushmagan.

17. Viktor Valdesning bu mavsumda o'tkazgan o'yinlari soni. Viktor Martino bosh murabbiy bo'lganidan beri jamoaning barcha o'yinlarda qatnashgan va barcha o'yinlarda asosiyda maydonga tushgan  yagona o'yinchidir.

1331. Bu Jerard Pikening maydonda harakat daqiqasi. Himoyachi maydonda Tata Martinoning eng ko'p ishlatayotgan o'yinchisi hisoblanadi. Pike bu mavsumda 17 o'yinning 15 tasini asosiy tarkibda boshlagan.   

11. Messi, Pike, Pedro, Aleksis, Xavi, Neymar, Sesk, Alvesh, Bartra, Buskets va Adriano - bular jamoaning bu mavsumdagi to'purarlari.

37. Bu Tata Martino o'tkazgan va jurnalistlar savollariga javob bergan matbuot  anjumanlari soni. Birinchi matbuot  anjumani 26 iyulda uni tanishtiruv marosimida bo'lib o'tgan bo'lsa, oxirgisi shanba kuni Espanol bilan o'yindan keyin bo'lib o'tgan. Murabbiy faqat bitta matbuot  anjumanini otasi vafot etganligi sababli o'tkazib yuborgan.

Javlonbek Yusupov tayyorladi 

Manba: barca.ru