

Mudrik "Brayton"ga qarshi uchrashuvning 13-daqiqasida hisobni ochgan Konor Gallaxerning goliga assist bo'ldi. Ukrainalik yarim himoyachi ushbu mavsumda APLning 10 o'yinida qatnashib, ikkinchi marta golga hammualliflik qildi.
Hozircha assistlar bo'yicha undan o'tadigani yo'q va 6 futbolchida ikkitadan assist bor, ular: Mark Kukurelya, Meyson Maunt, Rahim Sterling, Tiago Silva, Ben Chiluell va Enco Fernandes.



