"Tambov" RPLdan chetlatilishi mumkin, futbolchilar boykot e'lon qilishmoqchi

Mirjalol Normatov
20 noya 2020, 22:29
"Tambov" sport direktori Pavel Xudyakovning aytishiga ko'ra, jamoa RPLni yakuniga etkazib qo'ya olmasligi mumkin.

Xabarda yozilishicha, futbolchilar 5 dekabr kuni "Spartak"ka qarshi bo'ladigan o'yinga boykot e'lon qilishmoqchi.

"Ha, bu haqiqat. Seshanba kuni futbolchilar bilan ko'rishgandim. Qaror o'zgarmagan. Ular "Krasnodar"ga qarshi o'yinga chiqmoqchi emasdi. Biroq ularni zo'rg'a ko'ndirgandik. Futbolchilarni ham tushunaman: ularning oilasi, bolalari, ota-onasi bor. Futbolchilar iyun oyidan buyon hech nima olishgani yo'q.

Chempionatdan chetlatilish? Bo'lishi mumkin. Biroq bunday bo'lmasligi uchun harakat qilamiz", - dedi funkcioner.

"Tambov" RPLda 14 turdan keyin 13-o'rinda bormoqda. Oldinroq klubning 360 million rubl qarzi borligi aytilgandi. Shularning 140 millioni futbolchilarning maoshi va mukofot pullari hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jamoa tarkibida hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ham harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Экспресс