Takkinardining fikricha, hozir Zidanning transfer narxi 200 mln. evrodan oshgan bo'lardi
Aslanov Jasurbek
18 avg 2016, 14:47
"Yuventus" sobiq o'yinchisi Alessio Takkinardi "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hozir futbolchi bo'lganida uning transfer narxi qancha bo'lishi haqida fikr bildirdi.
"Hozir Zidanni qanchaga sotish mumkinligini bilmoqchiman. O'ylashimcha, u uchun 200 mln. evrodan kam to'lashmagan bo'lishardi. Zidaning yillik maoshi 25 mln. bo'lardi" - deydi Takkinardi.