

"O'yin davomida murabbiyning ko'rsatmalariga to'liq amal qildik. Bu narsa bizga uch ochkoni taqdim etdi.
Yaponiya terma jamoasini turnir g'olibligi uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblayman.
Hozirgi chempionatning 2010 yilgi turnir bilan farqi? 6 yil oldingi turnir bilan bu safargisini o'rtasidagi farq katta. Bu yilgi chempionatda tashkiliy tomonlama qulay sharoitlar yaratilganini ko'rishimiz mumkin", deya o'z fikrlariga yakun yasadi tailandliklarning eng kuchli futzalchilaridan biri Supxaut Tuenklan.




