Tailand Olma otadan Astanaga uchadi, keyin Toshkentga keladi FOTO

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2017, 12:09
Tailand terma jamoasi ertaga Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Kecha Qozog'istonga yetib borgan terma jamoa bir kecha Olma otada qoldi. Bugun tongda Milovan Rayevac boshchiligidagi jamoa Astana shahriga uchdi. Toshkentga jamoa aynan Astana shahrida uchib keladi.

Tailand terma jamoasi Toshkentga 22 futbolchi bilan tashrif buyuradi

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Tailand uchrashuvi ertaga, 6 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida soat 20:00 da start oladi. Ushbu bahsni stadiondan bevosita yoritishni rejalashtirayotgan OAV vakillari JCH–2018 saralash bosqichi uchun berilgan akkreditatsiya kartochkalari bilan “Bunyodkor” maydonida kirishi mumkin.

Mazkur o'yin O'zbekiston termasi uchun Eronga qarshi 12 iyun kuni o'tkaziladigan JCH–2018 saralash o'yiniga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia