Tachmurad Agamurodov: "Asosiysi, futboldan muxlislar mazza qilishdi"

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013, 16:43
"Buxoro" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng buxoroliklar ustozi Tachmurod Agamurodov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"O'yin qay tarzda kechganini o'zlaring ko'rdinglar.Bolalar jangovor ruhda maydonga chiqishdi,buning ustiga raqib o'ta kuchli jamoa edi. Bunaqa jamoalarga qarshi futbolchilarni ortiqcha psixologik tayyorlash shart emas, ular o'z-o'zidan bu raqibga nisbadtan jangovor ruhga ega bo'lishadi.

Birinchi bo'limda yigitlar sal hayajonlanishdi, lekin vaqt o'tgan sayin tinchlanishdi va o'zlari bilgan futbolni namoyish eta boshlashdi.

Ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Umuman bu uchrashuvda har ikkala jamoa yutishi ham, yutqazishi ham hech gap emasdi.

Asosiysi, bugungi futboldan muxlislar mazza qilishdi. Har ikkala jamoa ham muxlislar ishonchini oqlashdi. Axir biz va umuman futbol muxlislar uchun-ku.

Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, bugun hamma narsa meni qoniqtirdi. Eng asosiysi shogirdlarimdan ko'nglim to'ldi. Barcha muxlislarga rahmat, bugun ham muxlislar bizni ajoyib tarzda qo'llab turdi.

"Buxoro" PFK matbuot kotibi Aziz Salixov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz