"Surxon" tarkibni kuchaytirishni davom ettirmoqda. Tarkibga "Buxoro", "Navbahor" va "Qo'qon-1912"dan futbolchilar kelib qo'shildi

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2021, 10:22
"Surxon" jamoasi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Kechagi mashg'ulotlarda bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shildi.

O'tgan mavsumni "Buxoro" jamoasi tarkibida o'tkazgan Zohir Pirimov, "Qo'qon-1912"ning, yosh va tajribali himoyachisi, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Jasur Yoqubov "Surxon" jamoasi yig'inida ishtirok etmoqda. Shuningdek, Namanganning "Navbahor" jamoasidan tajribali darvozabon Dilshod Hamroev ham termizliklar mashg'ulotiga kelib qo'shildi. 

Tayyorgarlik davomida "Surxon" jamoasi bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'tkazishi ko'zda tutilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати