“Surxon”: “Andijon”ga qarshi tayyorgarlikni boshladik"

Aziz Tukhtamuradov
30 may 2017, 15:30
Birinchi liga vakili “Surxon” jamoasi “Nasaf-2 ” klubiga qarshi o'yindan so'ng murabbiylar tarkibdagi futbolchilarga biroz dam berishga qaror qilishdi.

Qisqa muddatli tatildan so'ng jamoa a'zolari yana o'z qarorgohlarida yig'ildi. Mashg'ulotlar Termiz shahridagi “Alpomish” stadionida o'tkazilmoqda. Eslatib o'tamiz, “Surxon” chempionatning 13-turida Andijon viloyatining “Andijon" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 4 iyun kuni bo'lib o'tadi.

"Surxon" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia