Surxon Andijondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng tarkibdan tushib qolgan futbolchilar bilan xayrlashdi

Khoja
1 iyul 2024, 08:10
Surxon matbuot xizmati jamoa himoyachilari Shohjahon Sultonmurodov va Azizbek Pirmuhammedov bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Har ikki futbolchi 2023 yilda Surxon safiga kelib qo'shilgandi.

Sultonmurodov va Pirmuhammadeov joriy mavsum atigi ikkitadan uchrashuvda maydonga tushishgan. Har ikki futbolchi joriy mavsumning 3-turida Andijonga qarshi kechgan bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng boshqa tulporlar safida maydonga tushishmagan. Ushbu bahsda Azizbek o'z hisobiga avtogol ham yozib qo'ygandi.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL