Superliga. "Turon" antirekord qayd etdi

Xayrulla Xoliqov
26 sen 2021, 11:00
Yaypanning "Turon" futbol klubi kecha Superliga 20-tur uchrashuvini o'tkazdi.

Igor Shkvirin shogirdlari Toshkentda "Paxtakor" bilan bahsda 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'yinda dastlab Dragan Cheran hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taym avvalida Vladislav Kasmininning goli evaziga mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. 

61-daqiqada Sherzod Temirov "Paxtakor"ni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 90-daqiqada Hojimat Erkinov jamoasining uchinchi golini urib o'yinga nuqta qo'ydi. Shu tariqa "Paxtakor" ikkinchi davradagi beshinchi g'alabasini rasmiylashtirdi. 

"Turon" esa kecha antirekord qayd etdi. Sababi bu jamoaning ketma-ket mag'lubiyati beshtaga etdi. Ikkinchi davra boshlanganidan so'ng yaypanliklar uyda "So'g'diyona"ni 1:0 hisobida mag'lub etishgandi. Shundan so'ng 5ta uchrashuvda maydonga tushgan Turon hammasida imkoniyatni boy berdi. "Turon" qatorasiga "Lokomotiv", "Nasaf", AGMK, "Navbahor" va "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi. 

Superliga debyutanti birinchi davrada ketma-ket uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchragandi. Ikkinchi davrada esa bu antirekord yanada yirik ko'rinish oldi. Igor Shkvirin shogirdlari navbatdagi turni yana safarda "Qizilqum"ga qarshi (3 oktyabr) o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia