Superliga. "Bunyodkor" Navoiyda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
5 may 2019, 21:35
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Uchrashuvning 10-daqiqasida To'xtasinov - Mirahmadov - To'xtasinov kombinaciyasidan so'ng Nurillo darvozabon qarshisida yolg'iz qoldi va zarba berdi,  to'p Makosinning qo'liga borib tushdi.

16-daqiqada Mirjalol Qosimovning 22 metrlardan erlatib yo'llagan zarbasini Zuhurov osonlik bilan ushlab oldi.

21-daqiqada "Bunyodkor" himoyachilarining xatosidan keyin Salim Mustafoev yaqin masofadan darvozaga kuchli va aniq zarba yo'lladi. Zuhurov jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi.

53-daqiqada Boydullaevning 20 metrlardan yo'llagan zarbasini Zuhurov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

64-daqiqada havodagi to'p uchun kurashda mehmonlar himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynadi va bosh hakam mehmonlar darvozasiga 11-metrlik jarima zarbasini belgiladi. 65-daqiqada Elguja Grigalashvili penaltidan gol urdi - 1:0. 

68-daqiqada Smit maydon markazidan katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va darvozaga zarba berdi. Zuhurov to'pni qaytarib yuborishga erishdi. 

87-daqiqada Lutfulla To'raevning jarimadan yo'llagan zarbasini Makosin qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.



QIZILQUM – BUNYODKOR 1:0
5 may 2019 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:45
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Firdavs Norsafarov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Ulug'bek Azizov

Gol: Elguja Grigalashvili 65 penalti, - 1:0.

"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullaev, Murodbek Bobojonov (Medina Smit, 60), Alisher Sanoev (Azizbek Usmonov, 90+3), Salim Mustafoev, Eldor Boymatov, Mirjalol Qosimov (Xurshidjon Olimov, 46), Muhsinjoy Ubaydullaev, Sherali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov.
Zaxira: Evgeniy Cheremisin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Fayzulla Qambarov, Sardor Jahonov, Suhrobjon Yarashov.

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Sanjar Qodirqulov, Islom Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Lutfulla To'raev, Suhrob Izzatov, Farruh Ikromov, Nurillo To'xtasinov (Javohir Qahramonov, 72), Mirjahon Mirahmadov (Sanjar Rihsiboev, 67)
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sergey Proxorov, Bobur Farhodov, Jasur Jaloliddinov, Vladislav Nuriev, Ulug'bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Lutfulla To'raev 13, Xurshidjon Olimov 77, Erkin Boydullaev 81, Sherali Jo'raev 90+1.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia