Superliga klublari matbuot kotiblari uchun seminar bo'lib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018, 13:29
Bugun, 8 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida futbol bo'yicha Superliga klublari matbuot kotiblari uchun seminar tashkil qilindi.

Ushbu seminarda klub matbuot kotiblari faoliyati, OAV bilan ishlash, hakamlik va nazoratchilik bo'yicha yangi qoidalar bilan tanishtirish, OCHL bahslarida OAV xodimlari bilan ishlash, marketing, matbuot kotiblari vazifalari, OAV vakillari uchun ahloqiy normalar, talablar kabi masalalar yuzasidan taqdimotlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Seminarda Superliga klublarining matbuot kotiblari ishtirok etmoqdalar. Seminar yakunida ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olympic.uz