Superliga. Ertaga "Paxtakor" sariq, "So'g'diyona" oq-ko'k rangli libosda maydonga tushadi

Tolibjon Qosimov
1 mar 2018, 19:38
Bugun "Paxtakor" - "So'g'diyona" bahsidan oldin o'yindagi tashkiliy masalalarga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar berdi.

Unda o'yinga PFL tomonidan tayinlangan komissar, har ikki jamoa mas'ul vakillari ishtirok etishdi. Bellashuvni yuqori saviyada tashkil qilishga yordam beradigan mitingda turli tashkiliy jihatlar muhokama qilindi. Uning yakunida jamoalar ertaga qanday rangli liboslarda maydonga tushishiga ham aniqlik kiritildi. "Paxtakor" sariq rangli liboslardan foydalanadi. Darvozabon esa qizil libosda o'ynaydi. Mehmonlar oq-ko'k liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi, - deyila poytaxtliklar rasmiy saytidagi xabarda.


"Paxtakor" va "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 2 mart, juma kuni "Paxtakor" stadionida 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz