Superliga doirasidagi bugungi uchrashuvlarni kimlar sharhlab boradi?

Sherzod Nurmatov
1 mar 2024, 15:30
Bugun O'zbekiston Superligasi rasman start oladi.

Dastlabki uchrashuv 18:30 ga belgilangan bo'lib, unda "Navbahor" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. "Sport" telekanali orqali namoyish qilinadigan ushbu uchrashuvni Zuhriddin Qilichev sharhlashi kutilmoqda.

Bugungi kundan o'rin olgan ikkinchi bahs 19:15 ga belgilangan bo'lib, unda "Nasaf" Qarshida "Olimpik" bilan bellashadi. "Foreign Language" telekanali orqali ko'rsatiladigan ushbu uchrashuvni Abdulla No'rmonov sharhlab borishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia