Superliga. "Dinamo" - "Qizilqum" o'yiniga oid ma'lumotlar

Xayrulla Xoliqov
25 may 2019, 15:51
Bugun Superligada 10-tur bahslariga start beriladi.

Kun tartibidan to'rtta uchrashuv o'rin olgan. Quyida "Dinamo" - "Qizilqum" bahsiga doir bazi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. 

"Dinamo"

- "Dinamo" turnir jadvalida 13 ochko bilan 7-o'rinda boryapti. Jamoaning urgan va o'tkazgan gollari bir xil 9-9. 

- Bugun "Dinamo" o'z maydonida 6-o'yinini o'tkazadi. Avvalgi beshta uchrashuvning uchtasida samarqandliklar zafar quchgan. 

- "Dinamo" o'z maydonida hali mag'lubiyatga uchragani yo'q: 3 g'alaba va 2 durang. 

- "Dinamo" oxirgi beshta o'yinning faqat bittasida g'alaba qozondi. 

- "Dinamo" shu paytgacha "Qizilqum"ga qarshi 34 o'yin o'tkazib, shundan 10tasida g'alabaga erishgan. 

- "Dinamo" oxirgi marta o'z maydonida "Qizilqum" bilan 2017 yil o'ynab, 0:1 hisobida yutqazgan. 


"Qizilqum"

- "Qizilqum" turnir jadvalida 9 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 10-15. 

- "Qizilqum" mehmonda ochko yig'ish bo'yicha quyi o'rinlarda boryapti. Jamoa safarda 4ta o'yinda maydonga tushib, 2tadan durang va mag'lubiyat qayd etdi. 

- "Qizilqum" safarda g'alaba qozonmagan beshta jamoadan biri bo'lib turibdi. 

- "Qizilqum" oxirgi beshta o'yinning uchtasida mag'lub bo'lib, faqat bitta bellashuvda zafar quchdi. 

- "Qizilqum" shu paytgacha "Dinamo"ga qarshi 34ta o'yin o'tkazib, shundan 15tasida g'alabaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia