Superliga. Bugungi ikkala o'yin ham Sport TVda jonli ko'rsatiladi

Tolibjon Qosimov
5 may 2018, 17:08
Bugun Superliga 10-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Kunning birinchi o'yini Olmaliqda AGMK hamda "So'g'diyona" jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. 18:30da boshlanadigan uchrashuv Sport telekanalida to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi. Ushbu bahsni Zafar Qosimov sharhlaydi.

Ikkinchi o'yin Navoiyda tashkillashtiriladi. Unda "Qizilqum" jamoasi "Metallurg"ni qabul qiladi. Ushbu bahs ham Sport TVda jonli namoyish etiladi. 20:30da start oladigan Navoiydagi to'qnashuvni Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia