Superliga. Bugun "Qizilqum" "Qo'qon-1912" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2019, 08:15
Bugun Superliganing 5-turidan o'rin navbatdagi bahs Naoviyda bo'lib o'tadi.

Bu mavsum o'z maydonida xali yutqazmagan "Qizilqum" klubi 4ta turda umuman g'alaba qozona olmagan "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

O'tgan turda "Qizilqum" ham, "Qo'qon-1912" ham yutqazishdi. Navoiyliklar Bekobodda 1:4 hisobida, qo'qonliklar Farg'onada "Buxoro"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

"Qizilqum" maydonida o'tgan 8ta uchrashuvning faqat bittasida (2018 yil) vodiy klubi g'olib bo'lgan. Yana bir o'yinda durang kuzatilgan va qolgan 6ta bahsda "Qizilqum" 3 ochkoni o'z uyida olib qolgan.

"Qo'qon-1912" dastlabki to'rt turda o'z darvozasidan eng ko'p (11ta) gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia