Superliga. Bugun "Metallurg" Samarqandda mehmon, Farg'onada "lochinlar" "qaldirg'ochlar"ga qarshi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2019, 10:55
Bugun Superliganing 3-turidan o'rin olgan ikki o'yin bo'lib o'tadi.


Samarqandda "Dinamo" Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Bu mavsumda g'olib bo'lmagan va mag'lub bo'lmagan jamoalar to'qnashuvi. Superligaga qaytgan "Dinamo" hozircha 1 ochkoga ega, "Metallurg" hisobida esa 4 ochko bor. Samarqandliklar ikkala o'yinda ham bittadan gol o'tkazishdi.

Bu ikki klub Samarqandda 18 marta to'qnash kelishgan va shundan ikkitasida "Metallurg" g'alabaga erishgan.


Namangandagi stadion hali tayyor bo'lmagani bois "Navbahor" mavsum boshidagi uy o'yinlarini boshqa stadionlarda o'tkazmoqda. Masalan, ilk turda "Qo'qon-1912"ga qarshi bahs Toshkentdagi TTYMI o'yingohida o'tdi, 3-turda "Bunyodkor" bilan uchrashuv esa Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.

"Lochinlar" "Bunyodkor" bilan o'z maydonidagi so'nggi uchta o'yinda umuman yutqazishmagan - ikki g'alaba va bir durang.

"Bunyodkor" klubi o'z tarixida ilk bor mavsumni ketma-ket ikkita mag'lubiyat bilan boshladi va ayni paytda Superligada ochko olmagan yagona klub bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia