Superliga-2018. "Qo'qon-1912"da 23, "Paxtakor"da 26, "Loko"da 30 va "Neftchi"da 37

Narzulla Saydullayev
9 dek 2018, 21:32
2018 yilgi Superliga bahslari yakuniga etgach turli statistik ma'lumotlarni taqdim etib borayapmiz.

Bugun klublar safida bir yil davomida necha nafar futbolchi maydonga tushganiga e'tibor qaratamiz.

No'mon Hasanov 2018 yilda Superligada atiga 23 nafar futbolchining xizmatlaridan foydalandi. "Qizilqum" va "Bunyodkor" safida 25 nafardan futbolchi maydonga tushdi.

Mavsum antirekordi esa Farg'onaning "Neftchi" klubiga tegishli bo'ldi. Vodiy klubi safida bir mavsum davomida oz emas ko'p emas 37 nafar futbolchi o'ynadi.

2018 yilgi Superligada klublar safida qancha futbolchi maydonga tushdi?

"Qo'qon-1912" - 23
"Qizilqum" - 25
"Bunyodkor" - 25
"Navbahor" - 26
"Paxtakor" - 26
"Nasaf" - 28
"Lokomotiv" - 30
"Buxoro" - 30
AGMK - 31
"Metallurg" - 31
"So'g'diyona" - 33
"Neftchi" - 37


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia