

"Paxtakor" vakili Dragan Cheran "Buxoro" bilan o'yinda mavsumdagi birinchi xet-trik muallifiga aylandi. Birinchi turda Navoiyda ikkita gol urgan "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov bugun "Andijon"ga bitta gol urdi. Shu tariqa 2-turdan so'ng ikkala futbolchi 3tadan gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda.
Yana to'rt futbolchi 2tadan gol urgan.
| O'rin | Futbolchi | Klubi | Gol |
| 1 | Dragan Cheran | Paxtakor | 3 |
| 1 | Bobir Abdixoliqov | Nasaf | 3 |
| 3 | Murod Xolmuhammedov | Qo'qon-1912 | 2 |
| 3 | Igor Sergeev | Paxtakor | 2 |
| 3 | Kirill Pogrebnyak | Lokomotiv | 2 |
| 3 | Sharof Muhitdinov | Nasaf | 2 |




